Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 11-март 2026, 05:48
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Yunusobod tumani 17 IDUM o‘quvchisi Xalqaro miqyosdagi yutuqlarga erishdi

Yunusobod tumanidagi 17 IDUM 10 B sinf o‘quvchisi Sardor Pulatov axborot texnologiyalari va tadbirkorlik sohasida yirik Xalqaro yutuqlarni qo‘lga kiritdi.
Sardor Pulatov O‘zbekistondagi eng yirik o‘yin ishlab chiqish musobaqalaridan biri — Game Dev Goethe VI (GDG) g‘olibi bo‘ldi.
Shuningdek, u “Zakovat” hamda Chto? Gde? Kogda? intellektual o‘yinlarida O‘zbekiston, Ozarbayjon va Rossiya miqyosida muvaffaqiyatli ishtirok etib, xalqaro g‘alabalarni qo‘lga kiritdi.
O‘quvchi dunyodagi nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Massachusetts Institute of Technology (MIT) huzurida tashkil etilgan LaunchX Online Entrepreneurship Program dasturiga qabul qilindi. Ushbu dastur doirasida u 1500 AQSh dollari miqdorida moliyaviy grantga sazovor bo‘ldi.
Bundan tashqari, uning startap loyihasi xalqaro akseleratsiya dasturi — Plug and Play Batch 6 bosqichiga qabul qilindi. Dastur 4 hafta davom etadi va mahalliy hamda global industriya vakillarini birlashtiradi.