Maktabimizning barcha ingliz tili o‘qituvchilari ushbu tashabbusni faol qo‘llab, uni katta ishtiyoq bilan amalga oshirishga kirishdilar.
Loyiha o‘quvchilarning ingliz tiliga bo‘lgan qiziqishini oshirish, kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirish va zamonaviy ta’lim usullarini joriy etishga qaratilgan. Darslar ijodiy va interaktiv shaklda tashkil etilmoqda.
Shuningdek, Yangi Zelandiyadan kelgan volontyor o‘qituvchi miss Sonya Hill bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, u interaktiv darslarni olib borishda o‘qituvchilarga yaqindan yordam bermoqda.
Ushbu loyiha va xalqaro hamkorlik o‘quvchilarni global dunyoga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.