Tuman tasarrufidagi 17-sonli IDUM o‘quvchilari xalqaro IELTS imtihonida 7, 7.5 va 8 ball natijalarini qayd etdilar. Ushbu ko‘rsatkichlar o‘quvchilarning ingliz tili bo‘yicha mustahkam bilimga egaligi, izchil tayyorgarligi hamda yuksak maqsadlar sari intilishining yorqin samarasidir. Xalqaro baholash tizimida bunday natijalarga erishish katta mehnat, sabr-toqat va mas’uliyatni talab etadi.
O‘quvchilarning ushbu yutug‘i ta’limga bo‘lgan qiziqish va o‘z ustida muntazam ishlash orqali yuksak marralarga erishish mumkinligini yana bir bor namoyon etdi. Bunday natijalar yosh avlodning bilim va salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan ta’lim muhitining samarali ekanidan dalolat beradi.
Mazkur muvaffaqiyat kelgusida yanada yuqori natijalarga erishish uchun mustahkam zamin bo‘lishi shubhasiz.
Yunusobod tumani matbuot xizmati