Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 28-январь 2026, 15:38
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Yagona maktab formasi — tartib va madaniyat ifodasi


O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023 yil 31 avgustdagi 282-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, Yunusobod tumani 17-IDUMda o‘quvchilar uchun yagona maktab formasi joriy etilgan.
Yagona maktab formasi: — o‘quvchilar o‘rtasida tenglikni ta’minlaydi.
— intizom va mas’uliyat hissini oshiradi
— maktab muhitida tartib, estetika va yagona madaniyatni shakllantiradi
Mazkur talablar asosida maktab jamoasi tomonidan ota-onalar bilan hamkorlikda tushuntirish ishlari olib borilmoqda. O‘quvchilarning ta’lim jarayoniga munosib va tartibli qiyofada qatnashishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Yagona forma — sifatli ta’lim va tarbiyaning muhim qismi hisoblanadi.