Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 28-январь 2026, 15:38
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova rahbarligida vazirlikning navbatdagi kengaytirilgan Hayʼat majlisi boʻlib oʻtdi


Unda vazir oʻrinbosarlari, hududiy boshqarmalar va tizim tashkilotlari masʻul xodimlari, pedagogika oliy taʻlim tashkilotlari, Pedagogik mahorat markazlari rahbariyati vakillari ishtirok etdi.

Muhokamalar davomida sohaga doir amalga oshirilishi lozim boʻlgan muhim masalalar masʼullar ishtirokida atroflicha koʻrib chiqildi. Xususan: 

➖maktabgacha taʼlim tizimini yanada rivojlantirish hamda qamrov darajasini ko‘tarish;

➖maktab taʼlimi sifati hamda pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish; 

➖pedagog kadrlar tayyorlash tizimiga doir ustuvor vazifalar ijrosi;

➖oʻquvchilarning sifatli taʼlim olishi uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish; 

➖sohaga doir aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini rivojlantirish boʻyicha navbatdagi dolzarb masalalar xususida fikr yuritildi.

Yigʻilish davomida vazirlik va hududiy boshqarmalar, tizim tashkilotlari masʻullarining keltirib oʻtilgan mavzular boʻyicha hisobotlari tinglandi.