Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova poytaxtimizdagi 220-umumtaʼlim maktabida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida olib borilayotgan ishlar bilan atroflicha tanishdi.
➖ Tadbir davomida loyihani amalga oshirish boʻyicha maktabda yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdi hamda 11-sinf oʻquvchilari bilan oʻtkazilayotgan fakultativ mashgʻulotlarda ishtirok etdi.
➖ (https://t.me/uzbekistan24_tvnews/266079) Shu bilan birga, “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasani muvaffaqiyatli tashkil etish, oʻquvchilar bilan ishlashga doir muhim masalalar boʻyicha xorijlik va mahalliy chet tili oʻqituvchilar bilan muloqot qildi.
Maʼlumot uchun: ayni vaqtda maktabda 2 363 nafar oʻquvchiga 14 nafar xorijiy til fani oʻqituvchilari tahsil berib kelmoqda. Ularning 9 nafari xalqaro, 3 nafari milliy sertifikatlarga ega.
Shuningdek, xorijiy mutaxassis, misrlik Ahmed Mostafa Abdulkarim oʻquvchilarga ingliz tili fanidan dars berib keladi.