Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 25-январь 2026, 13:59
 Bosh sahifa  Mobile versiya

“Kelajak uchun xorijiy til” – “Language for the future”


Ilk bor Toshkent shahrida tajriba tariqasida yo‘lga qo‘yilgan mazkur loyihada poytaxtdagi umumta’lim maktablarining qariyb 40 ming nafar bitiruvchilarini qamrab olish rejalashtirilgan.
Loyiha avvalida poytaxtimizdagi maktablarda diagnostik imtihonlar o‘tkazildi. Mazkur sinovlar natijasi tahlil qilinib, o‘quvchilar guruhlarga bo‘lindi. Hozirgi kunda dars mashg‘ulotlari bepul hamda intensiv tarzda, xorijiy tajriba asosida o‘tkazilmoqda. 
Albatta, bir loyihaning amaliyotga muvaffaqiyatli tarzda joriy etilishi uchun katta mehnat kerak. Poytaxtimizdagi 220-umumtaʼlim maktabiga borib, qilinayotgan ishlar bilan tanishdik, loyihani amalga oshirish boʻyicha maktabda yaratilgan sharoitlarni koʻzdan kechirdik va 11-sinf oʻquvchilari bilan oʻtkazilayotgan fakultativ mashgʻulotlarda ishtirok etdik. Maqsad – rejalarimiz amalda qanday samara berayotganini oʻrganish, kuzatish, muammolarni aniqlash.
Ishlarimizni muvaffaqiyatli tashkil etish, oʻquvchilar bilan ishlashga doir masalalar boʻyicha xorijlik va mahalliy chet tili oʻqituvchilarimiz fikrlarini eshitdik.
Loyiha hali yakuniga yetmadi va u faqat Toshkent shahri bilan cheklanib qolmaydi. Pedagog va ekspertlarimiz tavsiyalari asosida yanada takomillashtiriladi.