Yurt osoyishtaligi, xalqimiz tinchligi, davlatimiz sarhadlarining mustahkamligi sizlarning fidoyi mehnatingiz va sadoqatingiz bilan chambarchas bog‘liq. Xizmat faoliyatingizdagi matonat va qat’iyat yoshlar uchun chinakam namuna bo‘lib xizmat qilmoqda.
Ayniqsa, ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o‘quvchilar qalbida Vatanga muhabbat va mas’uliyat tuyg‘ularini shakllantirish yo‘lidagi hissangiz alohida e’tirofga loyiq.
Vatan manfaatlarini o‘z hayotiy mezoniga aylantirish, yurt ravnaqi uchun halol va fidokorona xizmat qilish har bir inson uchun yuksak sharafdir. Shu o‘rinda sizning faoliyatingiz juda mas'uliyatli va faxrli hisoblanadi.
Sizlarga sog‘liq-salomatlik, xonadonlaringizga baraka tilaymiz! Yurtimiz tinchligi va jamiyat taraqqiyoti yo‘lidagi sharafli faoliyatingizda yutuqlaringiz bardavom bo‘lsin! Bayram muborak!
E'zoza Karimova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri