2025-yil 19–20-dekabr kunlari Toshkent shahrida “Maktabgacha ta’lim tizimini transformatsiyalash sharoitidagi milliy islohotlar va xalqaro tajribaning uyg‘unligi” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
Tadbirda 300 dan ortiq mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirok etdi. Tadbir doirasida maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, milliy islohotlarni xalqaro tajriba bilan uyg‘unlashtirish, innovatsion yondashuvlar, sun’iy intellekt, inklyuziv ta’lim va erta bolalik rivoji masalalari muhokama qilindi.
Konferensiya dasturidan asosiy ma’ruzalar, 6 ta sho‘ba yig‘ilishi, mahorat darslari va amaliy treninglar o‘rin oldi. Muhokamalar yakunida soha rivoji bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi hamda mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashildi.