Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 11-декабрь 2025, 22:32
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Bugun Xitoyning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yuy Szyun bilan uchrashdik


Muloqot chog‘ida davlatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlik doirasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusi rejalar muhokama qilindi.

Shuningdek, yangi qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish, mutaxassislar va pedagoglar almashinuvi masalalariga ham to‘xtalib o‘tdik.

O‘ylaymanki, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ta’lim sohasiga doir mazkur hamkorlik davlatlarimiz o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.