Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 11-декабрь 2025, 22:32
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov Xitoyning “Tang International Education&Technology” kompaniyasi prezidenti Li Jinsong bilan uchrashdi


Tadbir avvalida maktabgacha va maktab ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, joriy etilgan yangiliklar hamda xorijiy hamkorlar bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalari haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o‘rtasida turli sohalarda, jumladan maktabgacha va maktab ta’limi yo‘nalishida hamkorlik munosabatlari yildan-yilga izchil rivojlanib borayotgani ta’kidlandi.

O‘z navbatida, Li Jinsong kompaniya faoliyati va asosiy hamkorlik yo‘nalishlari haqida to‘xtalib, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish, ularning bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xitoy tilini o‘qitishga mo‘ljallangan zamonaviy ta’lim platformasi va uning afzalliklari bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.

Uchrashuv yakunida ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish mumkin bo‘lgan istiqbolli yo‘nalishlar va loyihalar muhokama qilindi.