Badiiy gimnastika sport turi boʻyicha maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan “Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri kubogi” musobaqasining respublika bosqich sinovlari yakuniga yetdi.
➖ (https://t.me/uzbekistan24_tvnews/268419) Gʻoliblarni taqdirlash marosimida vazirlik rahbariyati vakillari, musobaqa ishtirokchilari, ota-onalar hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.
🔰 Yakuniy bahslarda jami 98 nafar oʻquvchi-qiz gʻoliblik uchun bahs olib borishdi. Umumiy natijalarga koʻra, jamoaviy bahslar boʻyicha:
🥇1-oʻrin — Toshkent shahridagi 168-umumtaʼlim maktabi jamoasiga;
🥈2-oʻrin — Buxoro viloyati, Kogon shahridagi 7-umumtaʼlim maktabi jamoasiga;
🥉3-oʻrin — Sirdaryo viloyati, Guliston shahridagi 6-umumtaʼlim maktabi jamoasiga;
yakka ishtirokchilar yoʻnalishi boʻyicha:
🥇1-oʻrin — Toshkent shahridagi 49-umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi Milana Shestekovaga;
🥈2-oʻrin — Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Nukus shahridagi 46-umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi Sevara Sharipovaga;
🥉3-oʻrin — Samarqand shahridagi 55-umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi Muslima Aliakbarovaga nasib qildi.
➖ (https://t.me/uzbekistan24_tvnews/268419) Musobaqa gʻoliblari Vazir kubogi, maxsus Diplom hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
👉 Maʼlumot uchun: musobaqasining tuman (shahar) bosqichida 2 240 ta umumtaʼlim maktablaridan 50 952 nafar, hududiy bosqich sinovlarida 1 664 nafar oʻquvchi-qiz ishtirok etgan.