Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 25-ноябрь 2025, 22:01
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova ishtirokida Doha shahrida tashkil etilgan WISE-12 sammiti doirasida ikki tomonlama qator uchrashuvlar bo‘lib o‘td


Xususan, vazir E’zoza Karimova: 

➖”Education Above All” jamg‘armasi bosh direktori Muhammad Saad Al Kubaysiy,
➖Pokiston Federal ta’lim va professional rivojlanish bo'yicha Davlat vaziri Vajiha Kumar,
➖Qatar Taraqqiyot jamg‘armasi ( Qatar Fund for Development) rahbariyati Fahad Hamad Al Sulaytilar bilan uchrashib, inklyuziv ta’lim, xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash va inson kapitalini rivojlantirishga doir tashabbuslarni ilgari surdi.

Mazkur muloqotlar davomida:

➖ta’lim sohasida hamkorlikni kengaytirish, 
➖pedagoglar malakasini oshirish, ekologiya va iqlim bo‘yicha ta’lim tashabbuslari,
➖ xalqaro almashinuv dasturlarini rivojlantirish,
➖ o‘quvchilar dunyoqarashlarini kengaytirish uchun ularning almashinuv dasturlarini ishlab chiqish masalalari ham muhokama qilindi.

Tomonlar amaliy hamkorlikni kuchaytirish va mavjud xalqaro loyihalarda O‘zbekistonning ishtirokini kengaytirishga kelishib olishdi.