Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 12-ноябрь 2025, 21:09
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Bugun poytaxtimizda O‘quvchilar savodxonligini baholash bo‘yicha xalqaro dasturi (PISA) Boshqaruv kengashining 60-yubiley sessiyasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi


Tadbirni kirish so‘zi bilan Maktabgacha va maktab ta‘limi vaziri E‘zoza Karimova ochib berdi va O‘zbekistondagi ta'lim islohotlari, xalqaro tadqiqotlardagi ishtiroki va kelgusi vazifalar haqida so‘z yuritdi. 

Tadbirda, shuningdek Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OЕCD) rahbarining ta'lim masalalari bo'yicha maslahatchisi Andreas Shlayxer, Boshqaruv Kengashi raisi Michele Bruniges hamda PISA dasturida ishtirok etuvchi 91 ta mamlakat vakillari qatnashdi. 

Sessiya doirasida PISA xalqaro tadqiqotida a'zo mamlakatlar erishayotgan natijalar, ta'limdagi yangi yondashuvlar va istiqboldagi rejalar muhokama qilinmoqda. 

Ma'lumot o‘rnida: PISA Boshqaruv kengashi — dunyo miqyosida PISA tadqiqotining asosiy strategik yo‘nalishlarini belgilovchi va baholash jarayonlarini muvofiqlashtiruvchi oliy boshqaruv organidir. 

Uning sessiyalarida ta’lim sifatini takomillashtirishga qaratilgan yangi konsepsiyalar muhokama qilinadi hamda tadqiqotlarning keyingi davrlariga doir qarorlar qabul qilinadi.

Sessiya doirasidagi tadbirlar 14-noyabrga qadar davom etadi.