Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ta’lim muassasalarida uzluksiz kasbga yoʻnaltirish dasturlarini ishlab chiqish yuzasidan ishchi guruh yig‘ilishi o‘tkazildi.
Ishchi guruh tarkibida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti, Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti, Oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi, Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti mutaxassislari faoliyat yuritmoqda.
➖ Bugungi yig‘ilish davomida mutaxassislar tomonidan:
➖rivojlangan davlatlarning maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida kasb-hunarga yoʻnaltirish tajribasi oʻrganish,
➖mahalliy tajribalar bilan uyg‘unlashtirish,
➖maktabgacha ta’lim muassasalari va maktablarda uzluksiz kasbga yoʻnaltirish dasturlarini ishlab chiqish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.
Tadbir Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida bo‘lib o‘tdi.