Muloqot doirasida Erta ta’lim bo‘yicha Mintaqaviy Tadqiqot va Innovatsiyalar Markazini tashkil etish yuzasidan uch tomonlama Anglashuv memorandumi imzolandi.
Mazkur tashabbus maktabgacha ta’limda sifat, pedagoglar salohiyati va mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.
Memorandum doirasidagi asosiy yo‘nalishlar quyidagilar:
— master-trenerlar tayyorlash va pedagoglar malakasini oshirish;
— mahalliy ehtiyojlarga mos o‘quv dasturlarini ishlab chiqish;
— Erta bolalik ta’limi va parvarishi samaradorligi va madaniy moslashuv bo‘yicha amaliy tadqiqotlar;
— mintaqaviy tarmoqlanish va ilg‘or tajribalarni almashish.