Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 11-сентябрь 2025, 11:04
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabimizda “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun”! nomli Birinchi qo‘ng‘iroq tadbiri o‘tkazildi

Yangi o‘quv yili va O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi! Bugun Yunusobod tumani 17-IDUMda ertalabdan bayramona kayfiyat hukm surdi. 
Maktab hovlisi gullar va bayroqlar bilan bezatildi, atrof muhitga toza suvlar sepilib, chiroyli muhit yaratildi.
O‘quvchilar, ota-onalar va mehmonlar saf tortib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasini ijro etish bilan tadbir tantanavor ruhda boshlandi. 
Maktab direktori Mirbabayeva Gulnoza Hamzayevna davlatimiz rahbari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qutlov tabrigi bilan barchani tanishtirdilar.
She’rlar, qo‘shiq va raqslar orqali o‘quvchilar bayram kayfiyatini yuksaltirdilar. 
Bugungi bayram nafaqat yangi dars yilining boshlanishi, balki yurtimiz mustaqilligining qutlug‘ tantanasi sifatida ham barchamizni ruhlantirdi.
Yangi o‘quv yili barcha o‘qituvchilarimiz, o‘quvchilarimiz va ota-onalarimiz uchun sog‘lik-salomatlik, omad va katta yutuqlar olib kelsin!