Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 10-июль 2025, 23:10
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Yunusobod tumani 17 IDUM huzuridagi zamonaviy Dzyudo zalida unutilmas sport tadbiri bo‘lib o‘tdi

2025 yil 2 iyul kuni Yunusobod tumani 17 IDUM huzuridagi zamonaviy Dzyudo zalida unutilmas sport tadbiri bo‘lib o‘tdi. Shu kuni zalda shug‘ullanayotgan yosh sportchilar jismoniy tayyorgarlik va mahorat bo‘yicha normativlar topshirishdi. Bu nafaqat tekshiruv, balki kelajak chempionlar uchun yangi bosqich, yangi ruh va motivatsiya jarayoni bo‘ldi!
Yig‘ilgan sportchilarning ko‘zlarida qo‘rqmaslik, intizom va mehnatga bo‘lgan muhabbat porlardi. Bu faqat mashq emas – o‘z ustida ishlash, sabr va vatanga fidoyilik darsi edi.
Diyora Keldiyorovaning  har bir yoshga samimiy gaplar, rag‘bat va maslahatlar bergani – barcha ishtirokchilar va ota-onalar uchun unutilmas voqea bo‘ldi. Bunday jonli muloqot, chempiondan to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’lim olish – bu har bir bolakay uchun katta motivatsiya manbai!
Dzyudo zali – bu faqat jismoniy mashq joyi emas. Bu – tarbiya, jasorat, yuksalish va el-yurtimiz kelajagi bo‘lgan sog‘lom avlodning maskani!
Mana shunday faol hayot, kuchli tarbiya va sport muhitida yetishayotgan o‘quvchilarimiz bilan faxrlanamiz!