Kecha Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta'lim, Fan va Madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (UNESCO)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi.
➖ Ushbu tashabbus Islom taraqqiyot banki (IsDB), Islom birdamlik jamg‘armasi (ISFD) va Ta’lim bo‘yicha Global ta’lim hamkorlik tashkiloti (GPE) tomonidan moliyalashtirilayotgan “SmartED” loyihasi doirasida amalga oshirilmoqda.
🌐 Loyiha doirasida UNESCO bilan hamkorlikda o’qituvchilarni tayyorlash va malakasini oshirishga qaratilgan quyidagi ishlar amalga oshiriladi:
➖ Zamonaviy pedagogik yondashuvlar va o‘quv dasturlarini ishlab chiqish hamda joriy etish orqali o‘qituvchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish;
➖O‘qituvchilarning innovatsion texnologiyalar va raqamli vositalardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish;
➖ Ta’lim tizimida inklyuziv yondashuvni tatbiq etish, shu jumladan alohida ehtiyojlarga ega bolalar uchun moslashgan ta’limni tashkil etish;
➖O‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini baholash va rag‘batlantirish tizimlarini ishlab chiqish orqali malaka yondashuvini takomillashtirish.