Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 10-июль 2025, 23:10
 Bosh sahifa  Mobile versiya

"Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri kubogi" musobaqasi gʻoliblari aniqlandi


Umumtaʼlim maktab oʻquvchilari oʻrtasida sportning dzyudo turi boʻyicha oʻtkazilgan “Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri kubogi” musobaqasi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

➖ Unda vazir oʻrinbosari Farhod Boqiyev, Sport vazirligi hamda hamkor  tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

➖ Aytish lozimki, ushbu musobaqa bahslari yoshlar oʻrtasida sportning dzyudo turini keng targʻib qilish, sogʻlom turmush tarzini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Yakuniy koʻrsatkichlarga koʻra, musobaqaning jamoaviy natijalari boʻyicha:

🥇1-oʻrin — Toshkent viloyati;
🥈2-oʻrin — Fargʻona viloyati;
🥉3-oʻrin — Samarqand va Qashqadaryo viloyatlari vakillariga nasib etdi.

Musobaqa gʻolib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan maxsus Diplom, medallar hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.