Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 20-май 2025, 21:38
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Quvonch va g‘alabaga to‘la yana bir unutilmas kun!

Yunusobod tumani 17 IDUM sanitariya posti jamoasi “Salomatlikning yosh do‘stlari” tanlovining Toshkent shahar bosqichida ham yuksak faollik va intizom bilan ishtirok etib, yana bir bor o‘zini namoyon qildi!
Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy harakati kunining 162 yilligi hamda O‘zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyatining 100 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan mazkur tanlovda, “Safda turish va raport berish” nominatsiyasida eng ilg‘or guruh sifatida Faxriy yorliq bilan taqdirlandi!
Bundan tashqari, jamoamiz a’zolariga Dream Parkdan yorqin tuhfalar ham taqdim etildi:
8 ta bepul attraksion chiptalari va 100 000 so‘mlik bonusli vaucher!
Bu g‘alaba — mehnatga berilgan yuksak baho, jamoaviy uyg‘unlik, va shunchaki g‘ururlanarli zafar!
Yunusobod tumani 17-IDUM jamoasi barcha qatnashchilarni qalbdan tabriklaydi!
G‘alabalaringiz bardavom, ruhingiz shodu xurram bo‘lsin!