13 may sanasida o‘tkazilgan "Salomatlikning yosh do‘stlari" tanlovining tuman bosqichida Yunusobod tumani 17 IDUM o‘quvchilari o‘z faol ishtiroki va bilimlari bilan ajralib turishdi.
Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy harakati kunining 162 yilligi hamda O‘zbekiston Qizil Yarim Oy jamiyatining 100 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan "Muruvvat yo‘lida bir asr!" shiori ostidagi tanlovda maktabimiz o‘quvchilari faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi!
Bu g‘alaba — o‘quvchilarimizning faolligi, tarbiya va ma’rifatga bo‘lgan mas’uliyatli yondashuvi, jamoa sifatida birgalikda harakat qilishi, fidoyilik va ma’naviy barkamollikning yorqin ifodasidir.
Faxriy yorliq — bu shunchaki sovrin emas, balki sa’y-harakat, hamkorlik va yuksak maqsadlar sari intilishning mahsulidir!
Yunusobod tumani 17-IDUM jamoasi bu muvaffaqiyatdan faxrlanadi va barcha ishtirokchi o‘quvchilarni chin qalbdan tabriklaydi!
G‘alabalarimiz bardavom bo‘lsin!