
Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Ziyodbek Yunusov, “Adolat” sotsial demokratik partiyasi Siyosiy kengashi raisining o'rinbosari Ulug'bek Rasulov, Yunusobod tuman Kengashi deputati Abdulaziz Nosirov ishtirok etdi.
Tadbirda so'zga chiqqanlar 2025 yil 5 mart kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o'tkazilgan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha Milliy kengash yig'ilishida belgilangan vazifalar, shuningdek, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, jamiyatda adolat va qonun ustuvorligini ta'minlash haqida atroflicha to'xtalib o'tishdi.
Bunday tadbirlar yoshlarda adolat va qonunga hurmat ruhini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati