Quyida qonunchilik hujjatlaridagi muhim oʻzgarishlarni sizga eslatib oʻtamiz.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan:
➖ 2025-yil 1-yanvardan — maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori oʻrinbosari lavozimi joriy etiladi; (https://www.lex.uz/ru/docs/-7128182)
➖ 2025-yil 1-yanvardan — tuman (shahar)larda kamida bittadan tayanch maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati yoʻlga qoʻyiladi (https://www.lex.uz/ru/docs/-7128182);
➖ 2025-yil 1-yanvardan — maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Metodik mahorat soati”, tayanch maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Metodik mahorat kuni” bosqichma-bosqich joriy etiladi; (https://www.lex.uz/ru/docs/-7128182)
➖ 2025-yil 1-yanvardan — trener sifatida faoliyat yuritayotgan direktor oʻrinbosarlariga lavozim maoshining 20 foizi miqdorida qoʻshimcha har oylik ustama haq toʻlanadi (https://www.lex.uz/ru/docs/-7128182);
➖ 2025-yil 1-yanvardan — qamrov darajasi past boʻlgan maktablar boʻsh turgan yer uchastkalarida nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyishga ruxsat etiladi (https://www.lex.uz/ru/docs/-7128182);
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarorlariga asosan:
➖ 2025-yil 1-yanvardan — kambagʻal oilalar farzandlari davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlariga imtiyozli asosda qabul qilinadi; (https://lex.uz/docs/7109778)
➖ 2025-yil 1-yanvardan — nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun o‘rnatilgan tartibda kompensatsiya berish tartibi joriy etiladi; (https://www.lex.uz/uz/docs/-6785346)
➖ 2025-yil 1-yanvardan — maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlarining xodimlari uchun besh yilda bir marotaba ishdan ajralgan holda malaka oshirish kurslari joriy qilinadi; (https://lex.uz/uz/docs/-6981085)
➖ 2025-yil 1-yanvardan — umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Kasbiy rivojlanish soati”, tayanch umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Kasbiy rivojlanish kuni” bosqichma-bosqich joriy etiladi (https://lex.uz/uz/docs/-6981085);
➖ 2025-yil 1-yanvardan — nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etadigan terma jamoalar rahbarini ragʻbatlantirish tartibi joriy etiladi va daromad solig‘idan ozod etiladi; (https://www.lex.uz/uz/docs/-7145231)
➖2025-yildan — 5–8-sinf oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan olimpiadalarda yuqori natijalarni qayd etgan iqtidorli oʻquvchilar bazasi shakllantiriladi va ularni xalqaro olimpiadalarga maqsadli tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi; (https://www.lex.uz/uz/docs/-7145231)
➖2025-yildan — asosiy fan olimpiadalarining hududiy bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan iqtidorli yoshlar uchun “Intellektual oromgohlar” tashkil etiladi. (https://www.lex.uz/uz/docs/-7145231)