Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 6-январь 2025, 14:29
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tartibi tasdiqlandi


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son qarori bilan “Maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom tasdiqlandi.

Nizomga asosan, uzluksiz kasbiy rivojlantirishning vertikal tizimiga quyidagilar kiradi:

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi;
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari;
tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlari;
A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti;
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar Pedagogik mahorat markazlari;
pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari;
malaka oshirish faoliyati bilan shugʻullanadigan nodavlat taʼlim tashkilotlari;
maktabgacha taʼlim tashkiloti, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan, umumiy oʻrta taʼlim va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari.
 
Shuningdek, mazkur Nizom bilan:
 
uzluksiz kasbiy rivojlantirishning vertikal tizimiga kiruvchi barcha boʻgʻin tashkilot va oʻquv muassasalarining asosiy vazifalari uzluksiz kasbiy rivojlantirishda taʼlim olishning ishlab chiqarishdan ajralgan/ajralmagan holda, masofaviy, dual, mustaqil, muqobil shakllari orqali foydalanish zarurligi:
uzluksiz kasbiy rivojlantirish jarayonlari menejerlik oʻquv kurslari, malaka oshirish kurslari, malaka oshirish kurslari oraligʻida tashkil qilinadigan uzluksiz kasbiy rivojlantirish tadbirlari, qayta tayyorlash kurslari orqali amalga oshirilishi belgilab berildi.