Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 20-май 2024, 18:03
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Amir Temur tavalludining 687 yilligi munosabati bilan "Biz Temur avlodimiz!" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir va ko'rik-tanlov o'tkazildi

Poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi 69-sonli umumta'lim maktabida Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda Respublika bolalar kutubxonasi hamkorligida buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temur tavalludining 687 yilligi munosabati bilan "Biz Temur avlodimiz!" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir va ko'rik-tanlov o'tkazildi. Unda poytaxtimizdagi umumta'lim maktablari o'quvchilaridan tashkil topgan 12 jamoa o'zaro uchta shart asosida bahslashdilar. Yakunda eng yuqori ball to'plagan Yunusobod tumanidagi 265-sonli umumta'lim maktabining "Temur izdoshlari" jamoasi faxrli birinchi o'rinni egalladi.