Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 23-сентябрь 2026, 22:05
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Umumtaʼlim maktablarida “Juniors Tennis Initiative” dasturi joriy qilinadi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-sentabrdagi “Tennis sport turini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi tegishli qaroriga muvofiq:

👉 2027-yil 1-yanvardan boshlab — umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida “Juniors Tennis Initiative” dasturi joriy qilinadi. Bunda dastur doirasida:

➖ 1–4-sinf oʻquvchilari uchun jismoniy tarbiya darslarida tennisga qiziqishni shakllantirish boʻyicha boshlangʻich mashgʻulotlar yoʻlga qoʻyiladi;

➖ oʻquvchilarning tennisga qiziqishi hamda sport infratuzilmasi mavjudligiga qarab tennis rivojlantiriladigan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari tanlab olinadi;

➖ tanlab olingan umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida tennis boʻyicha sport seksiyalari tashkil etiladi hamda ularning moddiy-texnika bazasi yaxshilanib, sport inventarlari, shu jumladan, “tennis wall” moslamalari bilan Oʻzbekiston tennis federatsiyasi mablagʻlari hisobidan jihozlanadi;

➖ mashgʻulotlar tanlab olingan umumiy oʻrta taʼlim tashkiloti joylashgan hududdagi sport maktabidan jalb etilgan trenerlar tomonidan olib boriladi.

👉 Shuningdek, qaror bilan:

🔹 Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari gʻoliblari hamda sovrindorlari:

🥇oltin medal uchun — 25 000 AQSH dollari;
🥈kumush medal uchun — 12 500 AQSH dollari;
🥉bronza medal uchun — 6 250 AQSH dollari miqdorda bir martalik;

🔹 Osiyo va Paraosiyo oʻyinlarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarni tayyorlagan trenerlar:

🥇oltin medal uchun — 10 000 AQSH dollari;
🥈kumush medal uchun — 5 000 AQSH dollari;
🥉bronza medal uchun — 2 500 AQSH dollari miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi
.