Unda vazirning birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov, Koreys tilini o‘rgatish xalqaro fondi, Koreya Respublikasi Ta’lim vazirligi hamda Koreya ta’lim markazi vakillari ishtirok etdi.
➖ Uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyevning ayni kunlarda Koreya Respublikasiga davlat tashrifi va "Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi" birinchi sammitida ishtirok etayotgani ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikni yangi bosqichga olib chiqayotgani alohida ta’kidlandi.
Bu esa o‘z o‘rnida ta’lim sohasidagi hamkorlikni ham yangi bosqichga olib chiqish uchun xizmat qilishi ta’kidlab o‘tildi.
Shu bilan birga uchrashuvda ikki davlat ta’lim vazirliklari o‘rtasida amalga oshirilayotgan loyihalar, koreys tiliga bo‘lgan qiziqish o‘quvchilar orasida ortgani, maktabgacha ta’lim sohasidagi hamkorlik ishlari rivojlanib borayotgani yuqori baholandi.
Muloqot yakunida tomonlar ta’lim sohasidagi do‘stona va amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanini bildirishdi.