Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-sentabrdagi tegishli Qonuni bilan ayrim qonunchilik hujjatlariga zarur oʻzgartirish va
qoʻshimchalar kiritildi. Xususan, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra:
🔹 taʼlim tashkilotida voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalash va ularga taʼlim berish borasidagi majburiyatlar oʻz zimmasiga yuklatilgan shaxs tomonidan:
➖ tarbiya va taʼlim berish jarayonida voyaga yetmagan bolaga nisbatan jismoniy zoʻravonlik sodir etish, shuningdek uni kamsitish yoki xoʻrlash kabi harakatlarda ifodalangan tarzda tahqirlash, basharti jinoyat alomatlari, shuningdek belgilangan boshqa huquqbuzarliklar alomatlari mavjud boʻlmasa, BHMning 1 baravaridan 5 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻlishi;
➖ pedagogik faoliyatni amalga oshirish jarayonida voyaga yetmaganlarga nisbatan jismoniy va (yoki) ruhiy zoʻravonlikka oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan shaxslarning 1 yil muddat davomida quyidagi taʼlim tashkilotlarida pedagogik faoliyat bilan shugʻullanishiga yoʻl qoʻyilmasligi belgilandi:
🔹 maktabgacha taʼlim tashkilotlari;
🔹 umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tashkilotlari;
🔹 professional taʼlim tashkilotlari;
🔹 bolalar uchun qoʻshimcha taʼlim tashkilotlari.
👉 Shuningdek, ushbu Qonun bilan:
➖ davlat yoki nodavlat muassasalarining toʻliq taʼminotida boʻlgan voyaga yetmagan bolaga aliment toʻlashi shart boʻlgan otani yoki onani aliment toʻlashdan ozod qilishga yoʻl qoʻyilmasligi koʻzda tutildi;
➖ ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bola foydasiga ota-onadan yoki ularning biridan undirilishi belgilangan aliment miqdorini kamaytirish boʻyicha ishlarda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari jalb etilishi belgilandi.