Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 24-август 2026, 17:57
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Nemis tili fani ustozlari uchun navbatdagi o‘quvlar boshlandi


Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, TELC va “Profi Deutsch” nemis tilini o‘qitish va imtihon markazi tomonidan tashkil etilgan nemis tili o‘qituvchilari uchun navbatdagi seminarlar bo‘lib o‘tmoqda. 

24–29-avgust kunlari davom etadigan o‘quvlar davomida ishtirokchilar uchun nemis tilini o‘qitishda zamonaviy metodik yondashuvlarga bag‘ishlangan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

O‘quvlar davomida:
➖ Darsni rejalashtirish va o‘quv dasturini ishlab chiqish,
➖ "Einfach besser“ darsligi va materiallari bilan tanishuv,
➖ Tinglab tushunish, o‘qish, gapirish va yozish ko‘nikmalarini samarali rivojlantirish,
➖ yozma nutqni rivojlantirishning usul va vositalari bo‘yicha mashg‘ulotlar olib boriladi.

📍 Jarayonlar A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida tashkil etilgan.