➖ “Kasbiy rivojlanish kuni va soati” tadbirlarida 11 ta yo‘nalishda 72 soatlik dastur asosida 443 707 nafar maktab o‘qituvchisining malakasi oshirildi.
2 228 nafar rahbar, jumladan, 960 nafar bog‘cha direktori va 1 268 nafar maktab direktori menejerlik kurslarida o‘qitildi.
Shuningdek, 1 768 nafar nomzod, jumladan, 1 086 nafar maktab direktorligiga nomzod va 682 nafar bog‘cha direktorligiga nomzod o‘qitildi.
Ta’lim muassasalarining 153 nafar xodimi, jumladan, maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlarining 80 nafar pedagog xodimi hamda pedagogika oliy ta’lim muassasalarining 73 nafar professor-o‘qituvchisi xorijiy davlatlarga malaka oshirishga yuborildi.
Yangi O‘zbekiston universitetida Massachusets texnologiya instituti dasturi asosida respublika bo‘ylab 1 400 nafar informatika o‘qituvchisi uchun sun’iy intellekt bo‘yicha malaka oshirish kurslari tashkil etildi.
Keyingi bosqichda 48 902 nafar rahbar va pedagog xodim malakasini oshirish, “Kasbiy rivojlanish kuni va soati” hamda “Metodik mahorat kuni va soati” tadbirlari o‘quv dasturlarini takomillashtirish, 2 080 nafar rahbarni menejerlik kurslarida o‘qitish belgilangan.
Eng yaxshi 100 nafar informatika fani o‘qituvchisini dunyoning yetakchi universitetlariga malaka oshirishga yuborish hamda xalqaro ta’lim dasturlari joriy etiladigan ta’lim yo‘nalishlari uchun o‘quv-metodik ta’minotni bosqichma-bosqich yaratish rejalashtirilgan.