Vazirlar Mahkamasining “Milliy sertifikat berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Unga koʻra:
👉 2026-2027-oʻquv yilidan boshlab:
➖ boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilarining bilim darajasi va pedagogik mahoratini aniqlash hamda ularga sertifikat berish;
➖ huquqshunoslik fanini bilish darajasini aniqlash va milliy sertifikat berish;
➖ xitoy, koreys, yapon, ispan, italyan, fors, dari, pushtu, urdu, hindiy va uygʻur tillaridan chet tilini bilishning koʻp darajali (Multi-level) test tizimi joriy etiladi.
➖ boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilarining boshlangʻich sinflardagi tegishli fanlar mazmuni doirasidagi bilim darajasi, oʻqitish metodikasi va pedagogik mahoratini aniqlash boʻyicha malaka imtihoni jarayonlari Bilim va malakalarni baholash agentligining “onlayn test” axborot tizimi orqali tashkil etiladi;
➖ malaka imtihoni natijalariga koʻra sertifikat talabini bajargan boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilariga uch yil muddatga amal qiladigan A+, A, B+, B, C+, C darajali elektron sertifikat beriladi;
👉 2026-2027-oʻquv yilidan boshlab:
➖ B+ va undan yuqori darajadagi milliy sertifikatga ega boʻlgan, boshlangʻich sinflarda dars beruvchi boshlangʻich taʼlim mutaxassisligiga ega oʻqituvchilarga Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan (sertifikatning amal qilish muddati davomida) lavozim maoshiga har oyda 15 foiz miqdorida qoʻshimcha ustama toʻlab boriladi;
👉 2026-yildan boshlab:
➖ bakalavriat bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, birinchi bor taʻlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — ikkinchi malaka toifasi;
➖ magistratura bosqichini bitirib, barcha fanlardan va attestatsiyadan “5” (aʻlo) baho (90-100 ball) koʻrsatkichiga ega boʻlgan hamda birinchi bor taʻlim tashkilotiga ishga kiradigan bitiruvchilarga — birinchi malaka toifasi beriladi.
👉 Qaror bilan tasdiqlangan “Boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilariga milliy sertifikat berish boʻyicha malaka imtihonlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan:
➖ malaka imtihonida ishtirok etishda talabgordan roʻyxatdan oʻtish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida toʻlov undiriladi.
➖ Ijtimoiy reestrning “kambagʻal oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga mazkur davlat xizmatini koʻrsatishda belgilangan toʻlovning 50 foizi, Ijtimoiy reestrning “davlat taʼminotidagi oila” toifasiga kiritilgan oilalarning aʼzolariga esa 75 foizi miqdorida chegirma qoʻllanadi.
❗️ Boshlangʻich taʼlim oʻqituvchilariga malaka imtihoni natijalari xalqaro metodika — Rash modeli asosida hisoblanadi. Unga koʻra:
🔹 70 balldan yuqori ball olgan talabgorga A+ darajali;
🔹 65 - 69,9 ball olgan talabgorga A darajali;
🔹 60 - 64,9 ball olgan talabgorga B+ darajali;
🔹 55 - 59,9 ball olgan talabgorga B darajali;
🔹 50 - 54,9 ball olgan talabgorga C+ darajali;
🔹 46 - 49,9 ball olgan talabgorga C darajali sertifikat beriladi.