Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 8-июль 2026, 22:10
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi oʻrinbosari Sherzod Karimov hamda Toshkent shahridagi umumtaʼlim maktablari direktorlari ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi

Muloqot doirasida bitiruvchilarning oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirish, yangi oʻquv yiliga qabul jarayonlari hamda xorijiy tillarni oʻqitish loyihalarini samarali tashkil etish boʻyicha muhim masalalar muhokama qilindi.

➖ Shuningdek, “Ijtimoiy reestr”ga kiritilgan bolalar hamda aholi murojaatlari bilan manzilli ishlash, o‘quvchilar davomatini doimiy nazorat qilish boʻyicha olib borilayotgan ishlar maktablar masʼullari ishtirokida tahlil qilindi.

Yigʻilish davomida keltirib oʻtilgan barcha masalalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarish boʻyicha mutasaddi xodimlar hamda maktab direktorlariga aniq vazifalar belgilab berildi.