Unda vazir E’zoza Karimova ham ishtirok etib, bolajonlarni bayram bilan samimiy tabrikladi.
Tadbir davomida Respublikamizning 14 ta hududida faoliyat yuritayotgan hududiy “Kelajak” markazlari to‘garak a’zolari o‘zlarining ijodiy ishlarini taqdimot qilishdi.
Shuningdek, bolajonlar uchun kvestlar, milliy va sport o‘yinlari, interaktiv loyihalar hamda mo‘jizaviy shoular o‘tkazildi.
Ma’lumot o‘rnida: tadbirdan tushadigan mablag‘lar murakkab teri kasalligi bilan kurashayotgan bolajonlarni qo‘llab-quvvatlovchi “Kapalak bolalar” nodavlat notijorat tashkilotiga yo‘naltiriladi.