Farg‘ona shahrida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova rahbarligida vazirlikning ko’chma Hay’at yig‘ilishi
bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida sohada amalga oshirilayotgan ishlar, erishilgan natijalar va kelgusida yo‘lga qo‘yilishi lozim bo‘lgan vazifalar mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqildi.
Dasturni amaliyotga samarali joriy etish maqsadida xorijiy mutaxassislar ishtirokida mentor-trenerlar tayyorlandi, hududlardagi tayanch maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor o‘rinbosarlari o‘qitish ishlari tashkil etildi.
Endilikda barcha davlat va nodavlat bog‘chalar pedagog xodimlarini ham o‘qitish maqsadida UNICEF hamkorligida zarur moliyaviy va tashkiliy resurslar jalb etildi.
Hudud mas’ullariga mazkur jarayonlarni tez fursatlarda izchil amalga oshirish maqsadida kerakli ko‘rsatmalar berildi.
➖ Tadbir davomida navbatdagi masala sifatida nodavlat bog‘chalarga tarbiyalanuvchilarning xavfsiz kelib ketishini ta’minlash bo‘yicha tegishli tashkilotlar va mahalliy hokimliklar bilan bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar ko‘rib chiqildi.
2026-2027-o‘quv yilida 1-sinfga qabul jarayonlarini sifatli tashkil etish, har bir hududda call-markazlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan zarur vazifalar belgilab olindi.
Yig‘ilishda bitiruvchi o‘quvchi-yoshlarning jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlari, ularning komil inson bo‘lib voyaga yetishlari uchun barcha maktablarda ta’lim–kasb integratsiyasi amalga oshirilayotganligi qayd etildi.
Misol uchun, joriy o‘quv yilida 9 687 nafar 11-sinf bitiruvchisiga o‘zlari o‘qigan kasb bo‘yicha sertifikat berish rejalashtirilgan.
Shu maqsadda kasb-hunar o‘qitish joriy etilgan maktablarda kasbiy ta’lim uchun zaruriy xomashyolarni ta’minlash, o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘qitish istagini bildirgan tadbirkorlarni jalb qilish bo‘yicha muhim tavsiyalar bildirildi.
Shuningdek, o‘quvchilarning yozgi ta’til vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularning qiziqishlarini inobatga olgan holda to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish yuzasidan “Kelajak markazlari”ga tegishli topshiriqlar berildi.
Bu yo‘nalishda “Yoz-2026” shtabi tashkil qilinib, bolalarni oromgohlarga qamrab olish ishlari olib boriladi.
Tadbirda sohaga doir muammolarni hal etishda manzilli ishlash, aholi, xususan o‘quvchilarning ota-onalari bilan doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tuman (shahar) bo‘limlari rahbarlari va maktab direktorlariga kerakli ko‘rsatmalar aytib o‘tildi.
Tadbir so‘nggida vazirlik mas’ullari va hududiy boshqarma boshliqlarining kun tartibidagi mavzularga oid hisobotlari tinglandi.