
Unda mazkur yo’nalishdagi ishlarning joriy holati, mavjud muammolar va kelgusi vazifalar haqida so‘z yuritildi.
Xususan, maktab o’quvchilarining xorijiy tillarni o‘rganish darajasi, ularning Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan Milliy sertifikat sinovlaridagi natijalari mas’ullar ishtirokida tahlil qilindi.
Ta’kidlash joiz, Toshkent shahrida ilk bora tajriba-sinov tariqasida “Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Unda bitiruvchi sinflar uchun xorijiy mutaxassislar ishtirokida fakultativ darslar hamda bepul tarzda Milliy sertifikat imtihonlari tashkil etilmoqda.