Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 28-апрель 2026, 22:10
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Farhod Boqiyev Oʻzbekiston sogʻlom turmush tarzi va fitnes milliy assotsiatsiyasi vakillari bilan uchrashdi


Unda joriy yilning 7-aprel kuni Davlatimiz rahbari boshchiligida oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida mamlakatimizdagi umumtaʼlim maktablarida krossfit toʻgaraklarini tashkil etish va faoliyatini rivojlantirish, ularni zarur jihozlar bilan taʼminlash boʻyicha kelgusi vazifalar muhokama qilindi.
Shuningdek, tajriba sifatida Toshkent shahrida krossfit toʻgaraklarini tashkil qilish, zarur oʻquv qoʻllanma va yoʻriqnomalarni tayyorlash, maktablardagi krossfit toʻgarak aʼzolari oʻrtasida turli musobaqalar tashkil etish boʻyicha oʻzaro kelishib olindi.