Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligiga bag‘ishlab joriy yilning 19-24-aprel kunlari o‘tkazilgan “Vatanparvarlar” xalqaro harbiy-sport musobaqasi yakunlandi.
Tantanali taqdirlash marosimida Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov, Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari Iminov Zaynobiddin, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova ishtirok etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra:
🥇O‘zbekiston jamoasi 1-o‘rin,
🥈Qozog‘iston jamoasi 2-o‘rin,
🥉Qirg‘iz va Belarus Respublikalari jamoalari 3-o‘rinni egallashdi.
Shuningdek, tadbir doirasida "Vatanparvarlar" va "Turon yo'lbarslari" harbiy-sport musobaqalari g‘oliblari ham taqdirlandi.
"Vatanparvarlar" harbiy-sport musobaqasi:
I-o‘rin — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani 41-maktab jamoasi;
II-o‘rin — Toshkent shahar Uchtepa tumani 14-maktab jamoasi;
III-o‘rin — Toshkent viloyati Angren shahar 28-maktab jamoasi.
"Turon yo‘lbarslari" harbiy-sport musobaqasi:
I-o‘rin — Toshkent viloyati Zangiota tumani ixtisoslashtirilgan maktab jamoasi:
II-o‘rin — Andijon viloyati Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi jamoasi:
III-o‘rin — Jizzax viloyati Hamid olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi jamoasi: