Hurmatli pedagoglar!
➖ 2026-yil 6-yanvar kuni — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 2026-yilning yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan malaka test sinovlarida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish boshlanadi.
➖ Attestatsiyada ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish va murojaat yuborish 2026-yil 1-martga qadar davom etadi.
👉 Murojaatlar:
➖ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining yangilangan interfeysdagi pedkadr.uzedu.uz (https://pedkadr.uzedu.uz/) platformasi;
➖ Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali; (https://my.gov.uz/uz)
➖ Davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilinadi.