Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 25-декабрь 2025, 15:09
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Hurmatli pedagoglar!

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan 2026-yilning yanvar-iyun oylarida oʻtkaziladigan malaka (test) sinovlarini yuqori saviyada, shaffof va adolatli tashkil etish maqsadida zarur ishlar olib borilmoqda.

➖ Xususan, har bir fan va yoʻnalish kesimida ishlab chiqilgan spetsifikatsiyalar va ular asosida tuzilgan namunaviy test topshiriqlari jamoatchilik muhokamasiga taqdim etilgan.

Quyidagi havola (https://pedmasterycenter.uz/files) orqali oʻzingizga tegishli fan va yoʻnalishlar boʻyicha joylashtirilgan spetsifikatsiya hamda ular asosida tuzilgan namunaviy test topshiriqlari yuzasidan oʻz fikr-mulohazalaringizni qoldirishingiz mumkin