Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri oʻrinbosari Farhod Boqiyev, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqarma boshligʻi Nodir Qosimov ishtirok etadi.
Moderator: “Yangi Oʻzbekiston” universiteti prorektori Hilola Nazirova.
Audiochatda bogʻcha, maktab va OTMlarda yoʻlga qoʻyilgan Kelajak soati darslari, qilingan ishlar va kelgusi rejalar haqida suhbatlashamiz.
Hurmatli pedagoglar, oʻquvchi, talaba, ta’lim sohasi vakillari, muloqotimiz barcha uchun ochiq! Unda siz bemalol mehmonlarimizdan mavzu boʻyicha oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob olishingiz mumkin.
Audiochat 25-dekabr, payshanba kuni soat 19:00da boʻlib oʻtadi.
Savollarni @KelajakSoati_murojaat_bot manziliga yuborishingiz mumkin.
Kelajak soati boʻyicha savol va takliflaringiz boʻlsa, albatta, muloqotimizda ishtirok eting! Har bir taklif, fikr biz uchun qadrli!