Ertaga — 10-iyul kuni "Jasorat maktablari"ga kirish imtihonlari bo'lib o'tadi!
⚡️ Imtihonlarda quyidagi tartib-qoidalarga amal qilishingiz so‘raladi:
➖ farzandingizni imtihon o‘tkazilishi belgilangan manzilga o‘z vaqtida olib kelishingiz va imtihondan so‘ng o‘zingiz bilan olib ketishingiz lozim;
➖ issiq ob-havoni inobatga olib, farzandingizni yengil va qulay kiyimlarda kiyintiring;
➖ imtihonga kelishdan oldin farzandingiz to‘yimli va yengil nonushta qilganiga e’tibor bering (yog‘li, hazm qilishni qiyinlashtiradigan taomlardan saqlaning).
❌ Imtihonda “yordam” berishni va’da qilayotgan shaxslarga aslo ishonmang, bu firibgarlikdir. Farzandingizning bilimi — uning yagona natijasidir!
👉 Imtihonlar soat 8:00 da boshlanadi va bir smenada bo‘lib o‘tadi.
❗️Ma‘lumot uchun: talabgorlar imtihon boshlanishidan 1,5 soat oldin tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi hamda ruxsatnoma bilan kelishlari shart.
📞 Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun tel: 1206