Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 5-май 2026, 23:01
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi "Jasorat maktablari"ga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul eʼlon qilinadi

Hujjatlar qabuli joriy yilning 15-mayidan 4-iyuniga qadar my.gov.uz hamda ariza.piima.uz saytlari orqali onlayn amalga oshiriladi.

❓Qanday hujjatlar talab etiladi?

➖oʻquvchilarning tegishli oʻquv yili natijasiga koʻra baholar tabelining umumiy oʻrta taʼlim muassasasi direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi;
➖belgilangan shakldagi tibbiy maʼlumotnoma;
➖oʻquvchilarning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi va ularning ota-onalari (qonuniy vakili) biometrik pasporti (identifikatsiyalovchi ID-karta) maʼlumotlari, bogʻlanish uchun mobil telefon raqamlari.

Talabgor o‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun qulaylik yaratish maqsadida:

murojaatchilarning savollariga javob berish uchun 1206 qisqa raqamli call-markaz faoliyat boshlagan;

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining barcha hududiy boshqarmalarida maxsus shtablar tashkil etildi.

Mazkur shtablar har kuni soat 09:00 dan 18:00 gacha faoliyat yuritadi. Malakali mutaxassislar hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlarga amaliy yordam ko‘rsatadi.

👉 Maʼlumot uchun: ushbu maktablarga kirish imtihonlari joriy yilning iyun-iyul oylarida bo‘lib o‘tadi.