Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Sport vazirligining 2026-yil 7-apreldagi tegishli qoʻshma qarorida umumiy oʻrta taʻlim tashkilotlarining jismoniy tarbiya fani pedagog kadrlarining oʻquv fanidan malaka sinovlari amaliy imtihoni Sport vazirligi tomonidan oʻtkazilishi belgilangan.
➖ Unga koʻra, ushbu amaliy imtihon sinovlari joriy yilning 12 — 20-may kunlari oʻtkazilishi belgilandi.
📍 Amaliy imtihonlarda ishtirok etish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
👉 Mazkur imtihonlarni oʻtkazish manzillari hamda tegishli sanalar bilan quyida batafsil tanishishingiz mumkin.
