O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti chet tillarni targ‘ib qilish va Britaniya menejmenti agentligi hamkorligida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Ushbu seminar doirasida Toshkanboeva Dilfuza Ma'murovna va Babayeva Mukofat Mashrabxanovnalar “Tilni vazifaga asoslangan o'qitish” mavzusida trening o‘tkazdilar. Ushbu treningda Toshkent shahridagi turli maktablarning ingliz tili o‘qituvchilari ham ishtirok etishdi. Seminar davomida ishtirokchilar turli amaliy mashg‘ulotlarni bajarib o‘zaro fikr almashdilar.