Ta'lim xodimlarini turli jismoniy mashqlarga qiziqtirish, badan tarbiya mashqlariga rioya qilinishiga ko‘niktirish, jismonan barkamol, baquvvat va sog‘lom bo‘lishiga, chiniqishiga, umumiy ish qobiliyatining o‘sishiga yordam berish, ma'naviy va jismoniy komillikka erishishda sportning rolini oshirish hamda O‘zbekiston “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatining amalga oshirayotgan ishlarini targ‘ib qilish maqsadida joriy yilning 8 avgust kuni Chilonzor tumanidagi 184-sonli umumta'lim maktabida barcha tuman xalq ta'limi bo‘limi xodimlari o‘rtasida sportning Quvnoq startlar sport turlari bo‘yicha bosh boshqarma boshlig‘i hamda “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati Toshkent shahar bo‘limi raisi KUBOGI sport musobaqalari o‘tkazildi. Murosasiz kechgan bahsda birinchi o‘rinni Yunusobod tumani, ikkinchi o‘rinni Yakkasaroy va uchinchi o‘rinlarni Sergeli va Mirzo Ulug‘bek tumanlari jamoalari qo‘lga kiritdi. G‘olib Yunusobod tuman jamoasi respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.