Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 17-май 2024, 15:29
 Bosh sahifa  Mobile versiya

"Yangi O‘zbekistonda el aziz,inson aziz!" shiori ostida "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbiri o‘tkazildi

5-sentyabr kuni Toshkent shahar Yunusobod tumani 17-sonli maktabda "Yangi O‘zbekistonda el aziz,inson aziz!" shiori ostida "Birinchi qo‘ng‘iroq" va "Bilimlar kuni" tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda Yunusobod tumani Xalq ta'limi bo‘limi vakillari xodimlari, Yunusobod tuman prokuraturasi xodimlari, mahalla faollari , tuman IIB profilaktika inspektorlari, o‘quvchilar  va ularning ota-onalari ishtirok etishdi. Tadbir yuqori kayfiyatda o'tkazildi. 1-sinf o'quvchilariga 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkasi va darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘alari sinf rahbarlari tomonidan topshirildi. Shuningdek, tadbirdan so'ng maktabda 2022/2023-o‘quv yilining birinchi dars soati – “Mustaqillik darslari” o‘tkazildi. Ushbu darslarda istiqlol yillarida erishilgan yutuqlar, yoshlar tomonidan qo‘lga kiritilgan katta g‘alabalar hamda milliy tarixning yorqin lavhalari haqida so‘z yuritildi.