Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 20-май 2024, 18:03
 Bosh sahifa  Mobile versiya

“Umid nihollari — 2022” sport o‘yinlarining Toshkent shahar bosqichi g‘olib hamda sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi

Poytaxtimizning “Navro‘z” madaniyat va istirohat bog‘ida “Umid nihollari — 2022” sport o‘yinlarining Toshkent shahar bosqichi g‘olib hamda sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Bu yilgi musobaqalarda umumta'lim maktablari 7-11 sinf o‘quvchilari sportning 11 (badminton, basketbol, voleybol, gandbol, futbol, yengil atletika, stol tennisi, shaxmat, kurash, sport gimnastikasi va badiiy gimnastika) turi bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar. Yakunda shahar bosqichida
108 ball bilan 3-o‘rinni Mirobod,
139 ball bilan 2-o‘rinni Yunusobod tumani vakillari egalladi.
Eng ko‘p — 154 ball jamg‘argan Chilonzor tumani yosh sportchilari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. 
O‘ziga xos yoshlik va sport bayrami tusini olgan tantanada birinchi o‘rinni egallagan Chilonzor tumani terma jamoasiga Prezident sovg‘asi — “Damas” avtomashinasi topshirildi. 


Toshkent shahar XTBB Matbuot xizmati