Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 20-май 2024, 18:03
 Bosh sahifa  Mobile versiya

"Ustozlar milliy forumi"da xalq ta'limi tizimida samarali mehnat qilib kelayotgan sohaning tajribali va ilg‘or xodimlari munosib taqdirlandi

Dunyoda insonlar turli-tuman kasblarda faoliyat olib boradi. Ammo, mana shu kasblar ichida shunday bir kasb borki, u ham sharafli, ham mas’uliyatliligi bilan ajralib turadi. Bu ustozlik va murabbiylik kasbidir. Barcha sohalarning ustalari, mutaxassislari bir kasb egalari mehnati bilan shakllanadi. Har birimizga kimdir harf o‘rgatib, savodimizni chiqargan. Bugun kim, qayerda, qanday vazifada ishlamasin, qachondir maktabda o‘qigan, ustozlar tarbiyasini olgan. Ilk bor maktabga borgan kunni, qo‘liga qalam berib, yozishni, o‘qishni o‘rgatgan o‘qituvchisini eslamaydigan odam topilmasa kerak.Ustoz o‘z kasbiga qalb qo‘ri bilan kirishmasa, murabbiylik yo‘lida hech qanday yutuqlarga erisha olmaydi. Axir o‘qishni, yozishni bilmaydigan murg‘akkina bolaga bir harfni o‘rgatish oson bo‘lmasa kerak. Umrini shu sohaga bag‘ishlagan o‘qituvchilar hamma joyda bir xil - oddiy va kamtar. Odamlarga harf o‘rgatib savodini chiqarish bu ularga o‘rgatilgan eng yaxshi ta’lim desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.Chunki biz butun hayotimiz davomida shu ustozlarimiz o‘rgatgan harflardan foydalanib o‘qiymiz, yozamiz va ilmimizni oshirishda davom etamiz. O‘zbekiston bugungi dunyo hamjamiyatidagi o‘zining munosib o‘rnini egallab, ta’lim, madaniyat, sport va boshqa sohalarda tenglar ichra teng ovoz bilan xalqaro maydonda o‘z mavqeiga ega bo‘lishida ustoz va murabbiylarning o‘rni beqiyosdir. Shu sababli ustozlarga yana bir bor e’tibor qaratish maqsadida 2022-yilning 18-avgust kuni "Ustozlar milliy forumi" tashkil etildi. Tadbirda xalq ta'limi tizimida samarali mehnat qilib kelayotgan sohaning tajribali va ilg‘or xodimlari munosib taqdirlandi.