Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 20-май 2024, 18:03
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Yangi o‘quv yilida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va maktablarda psixologik xizmat sifatini yanada oshirish masalalari muhokama etildi

Joriy yilning 16-18 avgust kunlari respublikamiz miqyosida yangi o‘quv yilida o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va ularda hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish, inklyuziv ta'limni joriy etishda ko‘maklashish hamda maktablarda psixologik xizmat sifatini yanada oshirish maqsadida psixologlar forumi bo‘lib o‘tdi. Mazkur forumda barcha shahar va tumanlarda faoliyat ko‘rsatayotgan "Bolalarni ijtimoiy-psixologik qo‘llab-quvvatlash markazi" uslubchilari hamda umumta'lim maktablari psixologlari ishtirok etdi. Forum davomida Xalq ta'limi vazirligi hamda O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazi mutaxassislari tomonidan ta'lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan amaliyotchi psixolog va metodistlarga o‘quvchi-yoshlarni  kasb-hunarga yo‘naltirish hamda ularda hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish, psixologik xizmat va inklyuziv ta'lim bo‘yicha yangi 2022-2023 o‘quv yilida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar batafsil tushuntirildi. Shu bilan bir qatorda, forum doirasida o‘quvchi-yoshlarni maktab davridan zamonaviy kasb-hunar egallashiga bo‘lgan qiziqishini oshirishda psixologlarning asosiy o‘rni, ta'lim muassasalarida psixologik xizmat sifatini yanada oshirish va inklyuziv ta'limni joriy etish bo‘yicha ustuvor vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tildi.